Ommaviy oferta

1. Umumiy qoidalar

Ushbu hujjat Qanot (keyingi o'rinlarda — "Ijrochi") tomonidan sayyohlik agentliklari va turoperatorlarga (keyingi o'rinlarda — "Buyurtmachi") veb-sayt xizmatini obuna asosida ko'rsatish bo'yicha ommaviy oferta hisoblanadi.

Birinchi to'lovni amalga oshirish ofertani to'liq qabul qilish (aksept) hisoblanadi.

2. Xizmat tarkibi

Ijrochi Buyurtmachi tanlagan tayyor dizaynni uning logotipi, brend ranglari va kontentiga moslaydi, saytni joylashtiradi (hosting, SSL, zaxira nusxa) va tanlangan tarif doirasida texnik yordam hamda tahrirlarni bajaradi.

Tarifga kirmaydigan ishlar (kontent kiritish, matn yozish, SEO, reklama sozlash, individual dizayn) alohida kelishuv asosida bajariladi.

3. Narx va to'lov

Tariflar narxi saytning «Narxlar» bo'limida so'mda ko'rsatilgan. Saytni ulab berish barcha tariflarda bepul. Oylik to'lovda birinchi 3 oy oldindan to'lanadi.

To'lov bank o'tkazmasi yoki to'lov tizimi havolasi orqali amalga oshiriladi. Narx o'zgarishi haqida kamida 30 kun oldin xabar beriladi.

4. To'lov kechikishi va to'xtatish

To'lov muddati o'tgach 14 kunlik muhlat beriladi. Shundan so'ng sayt to'xtatiladi, ma'lumotlar 6 oy davomida saqlanadi va shu muddat ichida xizmatni qayta yoqish mumkin.

Buyurtmachi xizmatdan voz kechish haqida kamida 30 kun oldin xabar beradi.

5. Mulk huquqi

Domen Buyurtmachi nomiga ro'yxatdan o'tkaziladi. Buyurtmachi taqdim etgan matn, rasm va turlar ro'yxati unga tegishli bo'lib, istalgan vaqtda eksport qilib beriladi.

Dizayn va dasturiy kod Ijrochiga tegishli bo'lib, Buyurtmachiga obuna muddatiga foydalanish huquqi beriladi.

6. Tomonlarning javobgarligi

Saytdagi kontent, narxlar, litsenziya yoki xabarnoma ma'lumotlarining to'g'riligi va turistik xizmatlarning ko'rsatilishi uchun Buyurtmachi javobgar. Ijrochi Buyurtmachi mijozlaridan to'lov qabul qilmaydi.

Nizolar muzokaralar yo'li bilan, kelishuvga erishilmaganda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal etiladi.

Qanot

+998 90 625 84 25